29 SENTABR-2 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

29 SENTABR-2 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

27.09.2021

29 SENTABR-2 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 sentabrda 7-12°, 1-2 oktabrda 3-8°, kunduzi 29 sentabrda 20-25°,
30 sentabr-2 oktabrda 13-18° bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 sentabrda 7-12°,
1-2 oktabrda 3-8°, kunduzi 29 sentabrda 20-25° bo‘ladi, 30 sentabr-2 oktabrda 13-18° gacha pasayadi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabr-2 oktabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 30 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°; 1 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°; 2 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 29-30 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin,
2 oktabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
29 sentabr-1 oktabrda 10-15°, 2 oktabrda 7-12°, kunduzi 29-30 sentabrda 23-28° bo‘ladi, 1-2 oktabrda 15-20° gacha pasayadi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29 sentabr-1 oktabrda
12-17°, 2 oktabrda 10-15°, kunduzi 29 sentabrda 28-33° bo‘ladi, 30 sentabr-2 oktabrda 18-23° gacha pasayadi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 29 sentabr-1 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 29-30 sentabrda 23-28°, 1-2 oktabrda 20-25° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 29-30 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1-2 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-30 sentabrda kechasi 8-13°, kunduzi 17-22°, 1-2 oktabrda kechasi 5-10° iliq bo‘ladi, kunduzi 
10-15° gacha pasayadi.