28 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
28.10.2025
28 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘icha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida ertalab, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarida 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-22° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.







