17-20 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

17-20 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

15.08.2025

17-20 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-18 avgustda 15-20°, 19-20 avgustda 17-22°, kunduzi 17-19 avgustda 30-35°, 20 avgustda 33-38° bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-19 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-18 avgustda 15-20°, 19-20 avgustda 17-22°, kunduzi 17 avgustda 27-32° bo‘ladi, 18-20 avgustda 34-39° gacha ko‘tariladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-19 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 27-32°; 18-19 avgustda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 20 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 17-18 avgustda 32-37°, 19-20 avgustda 35-40° bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 17-18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-18 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 27-32°, 19-20 avgustda kechasi 15-20° bo‘ladi, kunduzi 32-37° gacha ko‘tariladi. 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17-18 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 19-20 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 va 20 avgustda 12-17°, 18-19 avgustda 10-15°, kunduzi 17-18 avgustda 18-23°, 19-20 avgustda 21-26° bo‘ladi.