16-19 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

16-19 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

14.08.2025

16-19 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 17-19 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 16-17 avgustda 27-32°, 18-19 avgustda 30-35° bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 16 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°; 17 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 27-32°; 18 avgustda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 19 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 16 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°; 17 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 27-32°; 18-19 avgustda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 16-18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 16 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°, 17-18 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 27-32°; 19 avgustda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 va 19 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17-18 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-17 avgustda 12-17°, 18-19 avgustda 10-15°, kunduzi 16 va 19 avgustda 21-26°, 17-18 avgustda 18-23° bo‘ladi.