O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 26-30-MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 26-30-MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.05.2025

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.

Markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Rsepublikasida ba’zi joylarda, ertaga 27 may kuni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 

Bugun kunduzi havo harorati 27-32 daraja, ertaga 22-25 daraja, 
28-30 mayda 25-30 daraja, ba’zi joylarda 32 darajagacha bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkentda: bugun kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 29-31 daraja bo‘ladi.

Ertaga asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 
23-25 daraja bo‘ladi.

28 may – chorshanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 28-30 daraja bo‘ladi.

29-30 may kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, 
faqat 29 mayda kechga tomon, 30 mayda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Shamol vaqti-vaqti bilan 12-14 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 
chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

 

 

O‘zgidromet

2025-yil 26-may