26 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.05.2025

MUHIM HODISALAR

26-27 mayda tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

 

26 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 27-32° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi ba’zi joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29-31° bo’ladi.

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 18-23° bo‘ladi.