27-29 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

27-29 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

25.05.2025

27-29 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27 mayda Qoraqalpog’iston respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg’ir yo’gishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27 mayda 25-30°, 28 mayda 27-32°, 29 mayda 29-31° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 27 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30°, 28-29 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27 mayda ayrim joylarida qisqa muddatli yomg’ir yo’gishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 28-29 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-28 mayda 25-30°, 29 mayda 27-32° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 27-28 mayda 18-23°, 29 mayda 16-21° kunduzi 27 mayda 27-32°, 28-29 mayda 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27-28 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 29 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 27 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 27-28 mayda 15-20°, 29 mayda 13-18°, kunduzi 27 mayda 23-28°, 28-29 mayda 25-30° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 27 mayda 12-17°, 28 mayda 15-20°, 29 mayda 17-22°bo‘ladi.