25 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.05.2025

MUHIM HODISALAR
25-27 mayda tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
25 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida va kechqurun Toshkent viloyatida biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 30-35° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 22-27° bo‘ladi.