15 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.05.2025

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 15-16 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43° gacha ko‘tariladi.

15 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

15 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-41°, janubda va cho’l hududlarda 42-43° gacha bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39° bo’ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33° bo‘ladi.