9-11 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
07.02.2025
9-11 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9 fevralda 7-12° sovuq, 10 fevralda 5-10° sovuq, 11 fevralda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 11 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9 fevralda 0-5° sovuq, 10-11 fevralda 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 9 fevralda 7-12° sovuq, 10 fevralda 5-10° sovuq, 11 fevralda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 10 fevralda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 11 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 10 fevralda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 11 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9 fevralda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 10 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 11 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 10 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 11 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.