22-24 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
20.11.2024
22-24 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11-16° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 nyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23-24 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 nyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23-24 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22-23 nyabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 24 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.