KUZNING BIRINCHI OYI, U ODATDA QAYDAY BO‘LADI VA 2024 YILDA QANDAY BO‘LISHI KUTILMOQDA

KUZNING BIRINCHI OYI, U ODATDA QAYDAY BO‘LADI VA 2024 YILDA QANDAY BO‘LISHI KUTILMOQDA

30.08.2024

 

Sentabr – kuzining birinchi oyi, ammo O‘zbekistonda ob-havo sharoitiga ko‘ra, faqat qulayroq harorat fonida, u ko‘pincha yozga o‘xshaydi.

Ko‘p yillik kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, respublika hududining katta qismida oyning birinchi yarmida o‘rtacha kunduzgi harorat 30-33o ni, oyning ikkinchi yarmida 26-29o ni tashkil etadi.

Sentabr oyining eng issiq kunlarida termometr ko‘rsatkichi 35-37o gacha, janubda 39-41o gacha ko‘tariladi.

 

 

Sentabr oyida havo harorati markaziy hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda 
40-41o gacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarning ayrim joylarida hatto 
42-43o gacha ko‘tarilgan davrlar ham kuzatilgan.

Toshkentda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun 
sentabr oyidagi eng yuqori harorat 2013 yil 25 sentabrda qayd etilib, 40,0o ni tashkil etgan.

Kunduz kungi harorat 22-25o gacha, ba’zan esa undan ham pastroq bo‘lgan davrlar har yili sentabr oyida qayd etiladi va odatda davriyligi juda qisqa bo‘ladi.

Ayrim yillarda respublika bo‘yicha barcha joylarda (eng chekka janubiy hududlar va Farg‘ona vodiysidan tashqari) sentabr oyining so‘nggi o‘n kunligida ertangi kuzgi sovuqlar kuzatildi.

Kuzutuvlarning barcha tarixiy qatorlari uchun eng issiq sentabr oylari (me’yordan 1.5-3o ga yuqori) 2005, 2013, 2016, 2021, 2022 yilarda kuzatildi, bu global isish tendensiyasiga mos keladi.

Eng sovuq (me’yordan 2-3,5o ga past) sentabr oylari 1930 va 1931 yillarda, so‘nggi yillarda esa 1992 va 1994 yillarda kuzatildi. 

Iqlim xususiyatlariga ko‘ra, O‘zbekistonda sentabr oyi yilning eng qurg‘oqchil oylaridan biri deb hisoblanadi.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori iyul va avgust oylariga nisbatan biroz ko‘proq bo‘lib, tekistlik hududlarda 1-5 mm ni, tog‘larga yaqin hududlarda 
6-10 mm ni tashkil etadi va faqat baland tog‘li hududlarda 15-30 mm qiymatlarga yetadi.

Yomg‘ir odatda kamdan-kam yog‘adi, oy uchun o‘rtacha 1-4 marta va ko‘p hollarda jadalligi past bo‘ladi.

Shunday yillar kuzatilganki, sentabr oyida O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha umuman yomg‘ir yog‘magan. So‘nggi marta bunday anomal quruq sentabr oylari 2007 va 2021 yillarda kuzatilgan edi.

 

Bu yil sentabr oyi qanday bo‘ladi?

Oyning birinchi o‘n kunligida qulay harorat fonida quruq ob-havo hukm surishi kutilmoqda.

Kechasi va erta tongda 12-17o haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni 28-33o gacha, ba’zi joylarda 35o gacha isitadi. O‘n kunlikning ikkinchi yarmida 24-27o gacha qisqa muddatga pasayishi mumkin.

Keyinchalik, sentabr oyining oxirigacha pastroq fonda harorat kechalari 
13-18o dan 7-12o gacha, kunduz kunlari 28-33o dan 20-25o gacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Oyning uchinchi o‘n kunligining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.