O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-23 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-23 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.08.2024

 

Dam olish kunlarida O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib keldi. 
O‘tgan haftada kuzatilgan kuchli issiqdan so‘ng, respublika hududining 
katta qismida harorat 8-10o gacha pasaydi. O‘tgan yakshanba kuni havo harorati kunduzi 27-30o, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 31-33o, Surxondaryo viloyatida 34-36o atrofida bo‘ldi.

Bugundan boshlab salqin havo respublikamiz hududidan chekina boshlaydi, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, lekin ish haftasining oxirigacha nisbatan 
qulay bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 30-35o gacha, ba’zi joylarda 37o gacha isiydi.

Ushbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 
Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar 
bilan kuzatilishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 18-21o kunduz kunlari 32-35o bo‘ladi.

 

 

2024 yil 19 avgust

O‘zgidromet