18-avgust KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.08.2024
MUHIM HODISALAR
18-19 avgust kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
18-avgust KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo vilotlari Farg’ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32°
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, ertalab qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 27-29° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, ayrim joylarida kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.