11-13 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

11-13 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

09.07.2024

11-13 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11-12 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 13 iyulda 18-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°, 12 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 32-37°, 13 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 30-35°, bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 12-13 iyulda 18-23 m/s gacha yetishi ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11-12 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°, 13 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 11-12 iyulda 34-39°, 13 iyulda 31-36° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 11-12 iyulda 37-42°, 13 iyulda 34-39° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 11-12 iyulda 32-37°, 13 iyulda 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11-12 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 iyulda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 11-12 iyulda 23-28°, 13 iyulda 20-25° bo‘ladi.