O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 3-7 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 3-7 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

03.06.2024

 

Iyun oyining birinchi ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek 4-5 iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

Ushbu kunlarda respublika hududining katta qismida qulay harorat foni saqlanib turadi, haftaning birinchi yarmida harorat 29-32o, haftaning ikkinchi yarmida 32-35o bo‘ladi. Faqat janubda cho‘l hududlarda harorat kunduz kunlari 
36-39o gacha ko‘tariladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-5 iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

 

Poytaxtimizda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat 3-5 iyunda 30-33o, 6-7 iyunda 32-35o bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 18-21o gacha bo‘ladi.