26-28 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
24.05.2024
26-28 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 mayda kechasi 7-12°, kunduzi 21-26°; 27 mayda kechasi 9-14°, kunduzi 25-30°; 28 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°; 27 mayda 8-13°, kunduzi 25-30°; 28 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 26 mayda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27-28 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°; 27-28 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°; 27-28 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 26 mayda 27-32°, 27-28 mayda 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 26 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27-28 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°; 27 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29°; 28 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 26 mayda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27-28 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° илиқ, kunduzi 26 mayda 8-13°, 27-28 mayda 13-18° bo‘ladi.