25-27 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

25-27 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

23.05.2024

25-27 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 19-24°; 26 mayda kechasi 7-12°, kunduzi 21-26°; 27 mayda kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 va 27 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25 mayda 13-18°, 26-27 mayda 8-13°, kunduzi 25-26 mayda 22-27°, 27 mayda 27-32° bo‘ladi. TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 24-29°; 26 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 27 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 26-27 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 24-29°; 26 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 27 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 29-34°; 26 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32°; 27 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°; 26 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°; 27 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° bo‘ladi. RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 25 mayda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 9-14°, kunduzi 14-19°, 26 mayda kechasi va kunduzi 8-13°; 27 mayda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.