24-26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

24-26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

22.03.2024

24-26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 25 martda yog’ingarchilik kutilmaydi, 26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 25 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 26 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 martda yog’ingarchilik kutilmaydi, 26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-25 martda 9-14° iliq, 26 martda 10-15° iliq, kunduzi 23-28° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 14-19° iliq, 25 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 26 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 23-28° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi 25-26 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 23-28° iliq, 25 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq, 26 martda kechasi 13-18° iliq, kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 martda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 25-26 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 25 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 26 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25-26 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.