21-23 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

21-23 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

19.03.2024

21-23 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 22-23 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 martda kechasi va kunduzi 5-10° iliq, 22-23 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 22-23 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 22 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 23 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 martda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 22 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 22 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 23 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 martda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 22 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 22 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 23 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 martda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 22 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 21 martda 12-17° iliq, 22 martda 10-15° iliq, 23 martda 15-20° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 martda yog‘ingarchilik, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 22 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. 23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 21-22 martda 3-8° iliq, 23 martda 5-10° iliq bo‘ladi.