O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 18-22 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 18-22 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.03.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 18-22 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun va ertaga respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida kunduzi 18 mart kuni va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda 19 mart kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 15-20° iliq atrofida, ba’zi joylarda 22° iliqqacha, janubda 25-28° iliqqacha bo‘ladi.

20-22 mart kunlari respublika hududiga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 20 martda 15-20° iliq bo‘ladi, 21-22 martda 10-15° iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda: 18-19 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-22 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 
21 martda 15-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat: bugun va ertaga 19-22° iliq; 20 martda 17-19° iliq bo‘ladi; 21-22 martda 10-15° iliqqacha asta-sekin pasayadi.


2024 yil 18 mart

O‘zgidromet