13-15 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

13-15 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

11.02.2024

13-15 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
15 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 fevralda 0-5° iliq, 
14-15 fevralda 2-7° iliq, kunduzi 13 va 15 fevralda 13-18° iliq, 14 fevralda 15-20° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
15 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-14 fevralda 3-8° iliq, 
15 fevralda 5-10° iliq, kunduzi 13 fevralda 15-20° iliq, 14-15 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
15 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, 
kunduzi 13 fevralda 12-17° iliq, 14-15 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
15 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 fevralda 3-8° iliq, 
14-15 fevralda 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13 fevralda 11-16° iliq, 14-15 fevralda 13-18° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 14-15 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.