O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 15-19 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 15-19 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.01.2024

 

Bugun O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keldi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Cho‘l hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduzi 3o sovuq-2o iliqni, shimolda 3-8o sovuqni tashkil etadi.

Ertaga faqat respublikaning markaziy, sharqiy va tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ko‘pchilik hududlarda havo harorati kechasi 0-5o sovuqqacha pasayadi, kunduzi
2-7o iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 8-13o sovuq, kunduzi 0-5o sovuq bo‘ladi.

15-16 yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi borO‘zbekiston bo‘yicha ish haftasining oxirigacha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 3o sovuq-2o iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 8-13o iliqqacha asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda: 15 yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1o sovuq-1o iliq bo‘ladi.

16 yanvarda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-3o sovuq, kunduzi 2-4o iliq bo‘ladi.

17-18 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati 17 yanvarda kechasi 1-3o sovuq, kunduzi 6-8o iliq, 18 yanvarda kechasi 1o sovuq-1o iliq, kunduzi 8-10o iliq bo‘ladi.