11 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.01.2024

MUHIM HODISALAR

11-16 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

 

11 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda va cho‘l hududlarda ertalab qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 5-10° iliq, shimolda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq boladi.

Respublikaning togli hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° illiq bo’ladi.