O‘ZBEKISTON BOYICHA 2024 YIL 6-7 YANVAR KUNLARIGA  OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BOYICHA 2024 YIL 6-7 YANVAR KUNLARIGA  OB-HAVO PROGNOZI

06.01.2024

 

Bugun 6 yanvar kuni shimoliy hududlarga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan hududlarda quyoshli, quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kuzatiladi. Kunduzi harorat 16-18o iliq bo‘ladi.

7 yanvar kuni nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi mamlakatimizning barcha hududlariga tarqaladi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati 9-14o iliqqacha pasayadi.

Poytaxtimizda: bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 16-18o iliqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, harorat kechasi 6-8o iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi 12-14o iliqqacha biroz pasayadi.