5 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

5 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.01.2024

MUHIM HODISALAR

5-9 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi e’lon qilindi.

 

5 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog’iston Respublikasida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq boladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq boladi.

Respublikaning togli hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat baland tog’larda vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° illiq bo’ladi.