O‘ZBEKISTON BOYICHA 2024 YIL 3-5 YANVAR KUNLARIGA  OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BOYICHA 2024 YIL 3-5 YANVAR KUNLARIGA  OB-HAVO PROGNOZI

03.01.2024

 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati bugun kunduzi 8-13o iilqni tashkil etadi, ertaga 12-15o iliqqacha biroz ko‘tariladi, kechalari termometr ustuni 0o atrofida bo‘ladi. Ertaga kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, kunduzi va kechqurun ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5 yanvar - juma kuni O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0-5o iliq, kunduzi 10-15o iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda: yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5 yanvarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi 10-12o iliq, 4 yanvarda kechasi 0-2o iliq bo‘ladi, kunduzi havo 13-15o iliqgacha isiydi, 5 yanvarda kechasi 2-4o iliq bo‘ladi, kunduzi 11-13o iliqgacha biroz pasayadi.