31 DEKABR-2 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

31 DEKABR-2 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

29.12.2023

31 DEKABR-2 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 1 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 2 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 1 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 2 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 1 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30-31 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 2 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 dekabr-1 yanvarda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 1 yanvarda kechasi
2
° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 1 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 2 yanvarda kechasi
0-5
° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.