O‘ZBEKISTON BOYICHA 2023 YIL 29-31 DEKABR VA 2024 YIL 1-2 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
29.12.2023
Bugun 29 dekabr kuni respublika hududiga sovuq va nam havo kirib kelmoqda. Ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) boshlandi.
Kun davomida havo harorati asta-sekin pasayadi, kunning ikkinchi yarmida esa 0-5o iliqqacha pasayadi. Yomg‘ir yog‘ishi davom etadi va respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Ertaga 30 dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida
ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5o sovuqqacha, shimolda 6-9o sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7o iliq atrofida bo‘ladi.
31 dekabr va 1 yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Bu yil ham, O‘zbekiston aholisi Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladilar.
Kechalari sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 1 yanvarga kelib 10-13o iliqga yetadi.
Quruq ob-havo 2 yanvarda ham saqlanib turadi, lekin biroz sovuq havo kirib kelishi hisobiga kunduzgi harorat 6-9o iliqqacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda: 29 dekabr kuni yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi. Kunning ikkinchi yarmida harorat 0-2o iliqqacha pasayadi.
30-31 dekabr va 1-2 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Harorat 30 dekabrda kechasi 1-3o sovuq, kunduzi 4-6o iliq, 31 dekabr va 1-2 yanvarda kechalari 3o sovuq-2o iliq bo‘ladi, 31 dekabr va 1 yanvarda kunduz kunlari 11-13o iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi, 2 yanvarda 7-9o iliq bo‘ladi.