O‘ZBEKISTON BOYICHA 26-29 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
25.12.2023
Bugun 25 dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunning ikkinchi yarmida havo 18-23o iliqqacha isiydi. Bu dekabr oyining oxirgi haftasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 10-12o ga yuqoridir.
Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat 8-13o iliqqacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
26-27 dekabr kunlari nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 26 dekabrda respublikaning barcha viloyatlari bo‘yicha, 27 dekabrda markaziy viloyatlar va Farg‘ona vodiysi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Havo harorati kechalari 2-7o iliqqacha, kunduz kunlari 8-13o iliqqacha, shimolda kechalari 0-5o sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8o iliqqacha pasayadi.
28 dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi va harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda, 29 dekabr kuni esa sovuq havoning yana bir qismi respublika hududiga kirib keladi. Respublikaning barcha viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va harorat kunduz kuni 5-10o iliqqacha pasayishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Poytaxtimizda: 25 va 28 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmayd.
26-27 va 29 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Bugun kunduzi harorat 21-23o iliq bo‘ladi.
26-27 dekabrda harorat kechalari 3-6o iliqqacha, kunduz kunlari 8-11o iliqqacha pasayadi.
28 dekabrda kunduzi harorat 13-16o iliqqacha ko‘tariladi.
29 dekabrda harorat 5-8o iliqqacha pasayadi.
26-27 va 29 dekabr kunlari shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.