26-28 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
24.12.2023
26-28 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin.
27-28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq,
27-28 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 27-28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 27 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq,
27 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 26-27 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat; 26 dekabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 27 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq,
28 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 27-28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 27-28 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 26-27 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 27-28 dekabrda kechasi 0-5° iliq,
kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi,. 26-27 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog’ hududlarida yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 27 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 28 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.