23-25 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
21.12.2023
23-25 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 24 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 25 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23 dekabrda 0-5° iliq, 24-25 dekabrda 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-24 dekabrda 2-7° iliq, 25 dekabrda 5-10° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 24-25 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.