O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 1-3 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 1-3 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

01.12.2023

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika ba’zi joylarida tuman tushadi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. Bugun kunning ikkinchi yarmida havo harorat 10-15° gacha, shanba va yakshanba kunlari 15-18° gacha iliq bo‘ladi. Harorat kechasi 2-7° iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Poytaxtimizda: bugun va dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-2 dekabrda kechasi va ertalab tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 5-7° iliq, kunduzi 1 dekabrda 13-15° , 2-3 dekabrda 15-17° iliq bo‘ladi.

 

 

 

2023 yil 1 dekabr

O‘zgidromet