O‘ZBЕKISTON BO‘YICHA 24-26 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBЕKISTON BO‘YICHA 24-26 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.11.2023

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi harorat 15-18o gacha ko‘tariladi, shanba kuniga kelib 17-20° gacha, yakshanba kuni esa 20-23° gacha isiydi. Harorat kechasi 5-10° iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,bugun kunduzi ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Poytaxtimizda: 24-26 noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 7-9° iliq, kunduzi 24 noyabrda 15-17° gacha, 25 noyabrda 16-18°, 26 noyabrda 19-21° atrofida bo‘ladi.