O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 11-15 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 11-15 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.09.2023

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatining ba’zi joylarida, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 21-23 m/s gapcha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilshishi mumkin. Harorat 29-32o bo‘ladi.

Keyinchalik, hafta oxirigacha, respublika bo‘yicha O‘zbekistonda kuz fasli boshi uchun xos bo‘lgan asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda 12-13 sentabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 14-15 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Poytaxtimizda: Bugun kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat 30-32o bo‘ladi.

12-15 sentabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 sentabrda 26-28o, 13-15 sentabrda 28-30o bo‘ladi.