O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 4-8 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 4-8 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.09.2023

Bayram kunlarida kuzatilgan iliq va quyoshli ob-havodan so‘ng, kecha kechqurun respublikamiz hududiga G‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi kirib keldi.

Bugun ertalab Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib o‘tdi.

Bugungi kun davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, sharqiy hududlarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechagi kunga nisbatan 3-5o ga past bo‘lib, 24-27o ni tashkil etadi.

5 sentabrdan va deyarli ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo quruq va kam bulutli bo‘ladi, faqat Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

8 sentabr-juma kuni bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, respublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Haftaning birinchi yarmida ayniqsa kechasi va ertalab nisbatan salqin bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 10-13o, kunduz kunlari 26-29o bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat kechalari 15-18o gacha, kunduz kunlari 29-32o gacha ko‘tariladi.

Poytaxtimizda:

5-8 sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 7-8 sentabrda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 sentabrda kechasi 11-13o, kunduzi 25-27o bo‘ladi, 6-8 sentabrda kechalari 15-18o gacha, kunduz kunlari 29-32o gacha ko‘tariladi.