25 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.05.2023

MUHIM HODISALAR

25-26 may kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida va Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari bilan chegaradosh hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

25 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda    havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 25-30° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi,  vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.