21-23 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

21-23 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

19.01.2023

21-23 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-22 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15-17° sovuqgacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 23 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondayo viloyatida 21 yanvarda biroz qor yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-22 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 23 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 21 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 22-23 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 21 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’ishi mumkin.
22-23 yanvarda
yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21 yanvarda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 22-23  yanvarda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.