10 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10.01.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 10-15 yanvar kunlarii O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi davom etadi.

10-11 yanvarda respublika hududining katta qismida qor yog’adi, tog‘ oldi
va tog‘li hududlarda 10 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

10-11 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17o sovuqgacha, ba’zi joylarda 20o sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10o sovuqgacha, ba’zi joylarda 12o sovuqgacha; shimolda kechalari 20-25o sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 27-30o sovuqgacha, kunduz kunlari 12-17o sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 8-13o sovuqgacha, kunduz kunlari 3-8 o sovuqgacha pasayadi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

10 yanvarda O’zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.

 

10 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5o sovuq, shimolda10-15o sovuq bo’ladi.

Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4o sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8o sovuq bo‘ladi.