22 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

22 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

22.11.2022

MUHIM HODISALAR

22 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi bor.

 

22 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlarinig tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8o iliq bo‘ladi.