O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 3-7 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 3-7 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

03.10.2022

HAFTA DAVOMIDA O‘ZBEKISTON BO‘YLAB OB-HAVONI SOVUQ ANTISIKLON PERIFERIYaSI BELGILAYDI

 

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat markaziy va sharqiy hududlarda front kirib kelishida biroz beqarorlik kuzatiladi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 24-26o gacha ko‘tariladi.

4 oktabrdan 7 oktabrgacha bo‘lgan keyingi kunlarda ob-havoni antisiklonning janubi-g‘arbiy periferiyasi belgilaydi.

5 oktabrda antisiklon periferiyasining kuchayishi hisobiga janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechalari 8-13o, kunduzi 4-6 oktabrda 21-26o, 7 oktabrda 23-28o atrofida bo‘ladi.