2022 YILNING OKTYABR OYIDA OB-HAVO

2022 YILNING OKTYABR OYIDA OB-HAVO

30.09.2022

2022 YILNING OKTYABR OYIDA OB-HAVO

Kuzning birinchi oyi - sentyabr ham oxiriga yetib kelmoqda. Ko‘pincha qulay harorat foni bilan sentabr oyi O‘zbekistonda yozga o‘xshaydi. Bu yil ham huddi shunday bo‘ldi. Respublika hududining katta qismida sentabr oyida yomg‘ir umuman yog‘madi. Havo harorati 30-35° atrofida, ayrim kunlarda 37° gacha, janubda 39° gacha bo‘ldi. Faqat oyning o‘rtalarida sovuqning qisqa to‘lqini kuz kelganini eslatdi.

Bu yil oktabr oyining birinchi besh kunligi quruq va biroz iliq ob-havo bilan boshlanadi, kunduz kunlari quyosh nurlari havoni 22-25° gacha isitadi. Faqat kechasi va ertalab havo harorati 10-13° gacha ancha salqin bo‘ladi. Keyinchalik oyning birinchi o‘n kunligi oxirigacha ob-havo sharoitida keskin o‘zgarishlar kutilmaydi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda hududning katta qismida harorat kechalari 8-13° iliqdan 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 18-23° iliqdan 10-15° iliqgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda 0-1° sovuqgacha bo‘lishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Umuman, harorat tartibiga ko‘ra, oktabr oyi me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5° ga kam, yog‘ingarchilik me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

Iqlimiy me’yorlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Janubiy viloyatlarida yog‘ingarchilik oktabr oyida 3 kundan 5 kungacha, qolgan hududlarda esa 5 kundan 7 kungacha bo‘lishi mumkin. Oktabr oyida yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, ammo havoga keskin sovuq kuzatilishida yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi istisno qilinmaydi.

Tungi havo haroratining o‘rtacha yillik qiymati 6-11° ni tashkil etadi, lekin ko‘pincha oktabrda, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi.

Oktabr oyida kunduzgi harorat odatda 23-28° iliqdan 10-15° iliqgacha o‘zgarib turadi.

Albatta, tabiat o‘z tuzatishlarini amalga oshiradi va ba’zida haroratning yoki yog‘ingarchilikning haqiqiy qiymatlari ko‘p yillik davr qiymatlaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.

Masalan, Toshkentda meteorologik kuzatishlarning butun bir asrdan ortiq tarixi davomida ayrim yillarda oktyabr oyida maksimal havo harorati 33-36° ga yetgan. Oktabr oyi haroratining mutlaq maksimumi 37,5° ni tashkil etadi, bunday harorat 1941 yilda kuzatilgan.

Toshkent uchun oktabr oyida minimal haroratning rekordi 11,2o sovuqni tashkil etadi, ammo bu juda uzoq vaqt oldin, o‘tgan asrning boshlarida bo‘lgan. Oxirgi 20 yil ichida Toshkentda minimal harorat 1-2° sovuqdan pastga tushmadi.

2015 yilning oktabr oyida Toshkentda yog‘ingarchilikning oktabrdagi me’yoridan 3,5 barobari, yani 1 kunda bir oylik me’yor (deyarli 25 mm) yog‘di. Bu so‘nggi 20 yil ichida eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan oktabr deb hisoblanadi. Lekin ba’zida esa, albatta juda kamdan-kam hollarda Toshkentda umuman yog‘ingarchilik bo‘lmagan. Oxirgi marta bunday holat 2020 yilning oktabr oyida kuzatilgan.

Bunday qiziqarli faktlarni meteorologik kuzatuv yilnomalarini o‘rganish orqali topish mumkin.