O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 9-12 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 9-12 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

09.09.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 9-12 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

Issiq yozdan so‘ng birinchi kuzgi sovuq

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida 32-35° atrofida bo‘lgan harorat bilan quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning g‘arbiy hududlari bo‘yicha Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.

Shanba va yakshanba kunlari havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi va hafta oxirida kuzgi salqin sifatida o‘zini namoyon etadi.

11 sentabrda osmonda kuzgi bulutlar paydo bo‘ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. 11-12 sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda va respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Front kirib kelishida 10-11 sentabr kunlari shamol 15-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi, shanba kuni Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.

Respublika hududining katta qismida havo harorati pasayadi va yakshanba kuniga kelib kunduz kungi harorat 23-28° gacha pasayadi. Dushanba kuniga kelib tungi harorat o‘zining minimumiga yetadi, bunda termometr ko‘rsatkichi 10-13° gacha tushadi.