Bulutlarning turlari haqida bilasizmi?

Bulutlarning turlari haqida bilasizmi?

06.06.2022

Bulutlarning turlari haqida bilasizmi?

Oxirgi haftalarda Toshkentda bulutlar ko‘pligiga ahamiyat bermoqdamiz, bu tabiat xodisasini suratga ham olmoqdamiz. Osmonimiz odatda bulutsizligi hamda so‘nggi haftalarda bulutlarning ko‘pligining va bu xodisaning sababi nimadagiligi o‘rganmoqchimiz.

Osmonimiz har doim ham bulutsiz emas. Yozning chillasida, ya’ni iyul va avgust oylarida ham va hatto eng issiq yillarda ham Toshkentda 20-25 kun osmonimiz butunlay bulutsiz bo‘ladi. Qishda, kech kuzda va erta bahorda bulutsiz kunlar soni oyiga o‘rtacha 3-10 kundan oshmaydi.

Iyun oyining boshi faqat yozning boshlanishi bo‘lib, iyun oyida turli yillardagi bulutsiz kunlarning o‘rtacha soni, may oyida bo‘lgani kabi, 6 dan 14 gachadir

Bulutlar tabiatning buyuk ijodlaridan biridir. Bulutlarni tomosha qilish, ularni suratga olish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

Ko‘p yillar davomida bulutlar tabiatini o‘rganayotgan professor Jon Day (uni "bulut odami" deb atashgan) bu hodisa haqida shunday yozgan.

“Bulutlar Yerdagi eng katta erkin tamoshadir. Osmonga boqib, ko‘zingizni quvontirish sizdan hech ham harajat ta’lab qilmaydi. Bulutlar hech qachon bir xil emas. Ular hech qachon zerikarli xodisa emas. Asosiy mavzuga ega musiqa asarini tasavvur qiling. Uning asosida bastakor ko‘plab variatsiyalar va aranjirovkalarni yaratishi mumkin. Xuddi shunday bulutlarning bir nechta asosiy turlari mavjud bo‘lib, ular o‘zgarib, uyg‘unlashadi va tabiatning cheksiz samoviy simfoniyalarni yaratadi”.

Bulutlarning ko‘p turlari va shakllari mavjud. Ular shakli, o‘lchami, rangi bo‘yicha farqlanadi va Yer yuzasidan turli masofalarda joylashgan bo‘ladi.

Muayyan turdagi bulutlarning shakllanishining fizik tabiati juda murakkab bo‘lib, atmosfera sirkulyatsiyasiga bog‘liq. Iyun oyining boshida bizda to‘p-to‘p bulutlarining rivojlanishi uchun qulay sinoptik sharoitlar mavjud edi. Osmon bo‘ylab silliq suzib yuradigan qordek oppoq, mayin bulutlar go‘zal va g‘ayrioddiy bo‘lib ko‘rinadi. Butun dunyoda meteorologlar bulutlarning lotincha nomlaridan foydalanib, ularni so‘zma-so‘z tarjimasi "yaxshi ob-havo bulutlari"ga to‘g‘ri keluvchi Sumulus va Altocumulus atamalari bilan atashadi. Bunday bulutlarning oqligi ularning suv tomchilaridan tashkil topganligi bilan izohlanadi, ularning hajmi atrofdagi atmosfera zarralaridan kattaroqdir. Bu tomchilar ularga tushayotgan yorug‘lik nurini asosiy ranglarga ajratadi, ular oq oqimga birlashadi. Bu bulutlar yorqin ko‘k osmon fonida ayniqsa chiroyli ko‘rinadi.

Ammo tomchilarning to‘planishi yorug‘lik nurlarini o‘tkazishni to‘xtatadigan darajada kondensatsiyalanganda, oq rang kul rangga aylanadi. Va bunday bulutlar boshqacha nomlanadi – to‘p-top yomg‘irli bulutlar  Cumulonimbus va qat-qat yomg‘irli bulutlar Nimbostratus.