Diqqat tanlov!

Дата начало
Дата конец

YUNESKO ishlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi nomidan quyidagilami ma’lum qilamiz.E’tiboringizga Tabiiy fanlar sohasidagi olima ayollar uchun YUNESKO/L‘OREAL dasturi doirasida 2023-yil uchun Xalqaro mukofot tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumotni havola etilmoqda.

Mazkur dasturning asosiy maqsadi YUNESKO tashkilotiga a’zo-davlatlarda tabiiy fanlar (fizika, matematika va kompyuter texnologiyalari) sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olima ayollaming jahon miqyosida tan olingan kashfiyotlari va tabiiy fanlarning rivojiga qo‘shgan hissalarini taqdirlashdan iborat (tabiiy fanlar ro‘yxati ilova etilmoqda). YUNESKO/L‘OREAL mukofoti tanlovida muvaffaqiyatli qatnashgan olima ayollar 100.000 Yevro miqdorida mukofot bilan taqdirlanadi.

Tanlovda raqobat kuchli bo‘lib (besh mintaqa uchun faqatgina 5 ta mukofot ajratiladi), unda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

-        xalqaro ilmiy hamjamiyatda e’tirof etilgan bo‘lishi;

-        ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan boTishi;

-        tabiiy fanlar, fizika, matematika va kompyuter texnologiyalari fanlariga tegishli sohalar bo‘yicha ilmiy faoliyat yuritishi.

Tanlovda qatnashish uchun toddiriladigan hujjatlar quyidagilardan iborat:

-        nomzodning batafsil tarjimai holi;

-        nomzodning mazkur mukofotga loyiqligini asoslovchi tavsiyanoma (tavsiya qiluvchi ilmiy muassasa yoki tashkilot tomonidan beriladi);

-        nomzodning ilmiy nashr va patentlarining to‘liq ro‘yxati;

-        nomzodning eng muhim o‘nta ilmiy nashrining ro‘yxati (muhimlik tartibi bo‘yicha), dolzarbligini asoslovchi qisqa tezislar bilan birgalikda;

-        nomzodning eng muhim o‘nta ilmiy nashrining nusxasi;

-        xorijiy ilmiy muassasa yoki olimlar tomonidan tavsiyanomalar (3-5 ta).

Yuqorida ta’kidlangan tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzod

hujjatlari maxsus platforma (www.forwomeninscience.com) orqali joriy yilning 31-may kuniga qadar onlayn shaklda taqdim etilishi lozim. Tanlov haqida batafsil ma’lumot ilova etilmoqda.