20 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
20.04.2022
MUHIM HODISALAR
20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldirorq bo‘lishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Joriy yilning 20-21 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel hodisalari kuzatilishi mumkin.
20 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22 o bo‘ladi
Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17o bo‘ladi.