O‘zgidromet Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zgidromet Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

23.06.2021

O‘zgidromet Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik park direktori Farhod Ibragimov  (IT Park Uzbekistan), hamda O‘zgidromet Bosh direktori Sherzod Habibullaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik, shu jumladan, gidrometeorologiya sohasini raqamlashtirish jarayonlarni jadallashtirish dasturini ishlab chiqish va raqobatbardoshligini kuchaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar IT Park rezidentlariga gidrometeorologiya sohasida joriy etilayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanishtiruv va mahalliy IT kompaniyalarni mazkur jarayonlarga jalb etish bo‘yicha dastur ishlab chiqishga kelishib oldilar. Kelgusida bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, raqamlashtirish, AKT texnologiyalarini yanada rivojlantirishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikda ishlash, IT Park o‘z rezidentlari bilan turli loyihalar doirasida O‘zgidromet bilan birgalikda ishlashga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.