22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 21 dekabr soat 20 dan – 22 dekabr soat 20 gacha

22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 21 dekabr soat 20 dan – 22 dekabr soat 20 gacha

21.12.2021

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 21-22 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

21 dekabrda respublika hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda: Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha; Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.

Joriy yilning 21 dekabr kuni O‘zbekiston hududlari bo‘yicha kutilayotgan kuchli shamollar, shuningdek, Turkmanistonning chegaradosh hududlarida kutilayotgan changli bo‘ronlar hisobiga Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida changli bo‘ron va chang g‘uborlari kuzatilishi mumkin.

21-22 dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin.

 

22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

21 dekabr soat 20 dan – 22 dekabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4i-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi
13-18
° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi
0-5
° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.