21 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.12.2021

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 21-22 dekabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

21 dekabrda respublika hududlari bo‘yicha shamol kuchayishi kutilmoqda:

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha; Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.

Joriy yilning 21 dekabrda O‘zbekiston hududlarida kutilayotgan kuchli shamollar xamda Turkmaniston respublikasi chegara hududlarda changli bo‘ronlar kirib kelishi kutilayotganligi tufayli Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida chang bo‘ron va g‘uborlar kuzatilishi mumkin.

21-22 dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli bo‘lishi mumkin.

 

21 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yonalishini ozgartirib garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20o iliq boʼladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon  13-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-20o iliq boʼladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bazi joylarda kuchli bolishi mumkin. Sharqiy shamol yonalishini ozgartirib garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi.  Harorat 5-10o iliq boʼladi.