O‘zgidrometda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Yashil iqlim jamg‘armasining Iqlim o‘zgarishining eng zaif tarmoqlariga qaratilgan “Milliy moslashish rejasi” loyihasining Idoralararo ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘ldi

O‘zgidrometda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Yashil iqlim jamg‘armasining Iqlim o‘zgarishining eng zaif tarmoqlariga qaratilgan “Milliy moslashish rejasi” loyihasining Idoralararo ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘ldi

15.12.2021

O‘zgidrometda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Yashil iqlim jamg‘armasining Iqlim o‘zgarishining eng zaif tarmoqlariga qaratilgan “Milliy moslashish rejasi” loyihasining Idoralararo ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-yil 14-dekabr kuni Ozbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Yashil iqlim jamg‘armasining Iqlim o‘zgarishining eng zaif tarmoqlariga qaratilgan “Milliy moslashish rejasi” loyihasining Idoralararo ishchi guruhining Uchinchi yigilishi bolib otdi. Iqtisodiyot va hududlarni rivojlantirish, O‘zbekistonda moslashuv chora-tadbirlari va harakatlarini uzoq muddatli rejalashtirishga ko‘maklashish”, O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Yigʻilish ishtirokchilari iqlim oʻzgarishiga moslashish sohasidagi asosiy vazirliklar – Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari, shuningdek boshqa manfaatdor tomonlar va loyihaning milliy hamkorlari vakillari sifatida qatnashdilar.

Uchrashuv milliy va xalqaro loyiha maslahatchilarining ish natijalarini muhokama qilishga qaratilgan. Xususan, yig‘ilishda: O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida iqlimshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot dasturlari; iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston Respublikasi aholisining yosh va jins guruhlari salomatligiga ta’sirini batafsil baholash; xorijiy mamlakatlar sog‘liqni saqlash sohasining zaifligini baholashdan olingan saboqlar va O‘zbekiston Respublikasi aholisi uchun iqlim o‘zgarishi xavfini kamaytirish bo‘yicha Harakatlar rejasi; O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha strategiyasi, 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar dasturi va ularni yaqin kelajakda qayta ko‘rib chiqish va yakunlash zarurati yakunlari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

фото